Bepul
Bitta xonani ta'mirlashni rejalashtirayotganlar uchun.
- Oyiga 2 ta loyiha
- AR o'lchash va 3D model
- Har loyihaga 3 ta AI dizayn varianti
- Smeta va yaqin do'konlar
Telefon kamerasi bilan xonani o'lchang, 3D modelini ko'ring, AI dizayn va aniq smeta oling. Kerakli materiallarni esa yaqin atrofdagi do'konlardan toping.


Ilovadagi har bir loyiha bir xil to'rt bosqichdan o'tadi. Usta chaqirish, ruletka va qo'lda hisob-kitob shart emas.
Telefon sensorlari va kamera yordamida xonaning uzunligi, kengligi va shift balandligi o'lchanadi. Ekrandagi lazer chizig'i devor va pol tutashgan joyga tushganda “Belgilash” tugmasini bosasiz.




Xonangizni suratga oling. Sun'iy intellekt aynan shu xonani tanlangan uslubda qayta bezaydi: devorlar, deraza va eshiklar o'z joyida qoladi, o'zgaradi faqat pardoz va mebel.
Smeta xona maydoniga qarab tuziladi: necha kanistr grunt, necha chelak bo'yoq, necha kvadrat laminat kerakligini aniq ko'rasiz. Toshkent, Toshkent viloyati yoki Samarqand narxlarini tanlash mumkin.


Bitta xonani ta'mirlashni rejalashtirayotganlar uchun.
Bir chashka qahva narxida — cheksiz dizayn.
Premium ilova ichida yoqiladi. Payme va Click orqali to'lov tez orada ulanadi.
Hozircha ilova Android uchun mavjud. iPhone versiyasi tayyorlanmoqda.
Yuklab olish havolasi tez orada shu yerda paydo bo'ladi.
Telefon kamerasi bilan skanerlang
Telefonni yo'riqnoma bo'yicha ushlasangiz, xona o'lchamlari odatda ±10–15 sm aniqlikda chiqadi. Natija ekranida har bir o'lcham yonida uning xatoligi ko'rsatiladi. Ruletka bilan o'lchagan bo'lsangiz, raqamlarni qo'lda kiritish ham mumkin.
Kamerasi, akselerometri va giroskopi bor deyarli har qanday Android telefonda ishlaydi. Maxsus LiDAR sensor talab qilinmaydi.
Narxlar O'zbekiston qurilish bozoridagi o'rtacha narxlar asosida so'mda hisoblanadi va shahar bo'yicha farqlanadi. Bu taxminiy hisob: aniq summani do'kon yoki usta bilan kelishasiz.
Yo'q. Suratlar va loyihalar faqat sizning hisobingizga bog'langan va boshqa foydalanuvchilarga ko'rsatilmaydi.
Oyiga 2 ta loyiha: o'lchash, 3D model, 3 ta AI dizayn varianti, smeta va do'konlar. Cheksiz loyihalar, PDF smeta va fotorealistik render Premium rejada.